Ijod va ilm tutashgan manzil
Andijon davlat universitetida Hamidjon Toxirjonov ijodiga bag‘ishlangan adabiy ijodiy kecha hamda kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Kechani Andijon davlat universiteti Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor dotsent Baxtiyor Rasulov ochib berdi. Adabiy kecha Hamidjon Toxirjonovga bag‘ishlangan bo‘lib, ustoz Toshkent shahrida tug‘ilgan.